Soliq toʻlovchilarda soʻrov oʻtkazila boshladi

preview

Soliq xizmati organlari xodimlari ikki kun davomida 19 mingta xoʻjalik ob’yektlarini koʻzdan kechirdilar, deya xabar beradi DSQ axborot xizmati.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 oktyabrdan koʻzdan kechirish dalolatnomasini tuzgan holda soliq toʻlovchilarni pasportlashtirishni boshlash rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan oʻtgan yil sentyabrda Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 54 ta mahallada ushbu tartib-taomil pilot rejimida oʻtkazilgan edi.

 

Biroq 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun bilan Soliq kodeksiga «pasportlashtirish» tushunchasi kiritilmadi. Buning oʻrniga soliq organlari soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish va soʻrov oʻtkazishni amalga oshirish huquqiga ega boʻldilar. Yangi tartib-taomil nazarda tutilgan pasportlashtirishga nisbatan 3 ta asosiy farqqa ega (batafsil – bu yerda).

 

Xodimlar oʻtkazayotgan tadbir (soʻrov oʻtkazish) tekshirish bilan umuman bogʻliq emas, uning asosiy maqsadi – tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun koʻmak va maslahat berish. Yakunlar boʻyicha hech qanday ma’muriy yoki moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi.

 

Ikki kunlik soʻrov oʻtkazish yakunlari boʻyicha:

  • 5651 nafar fuqaro ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan ishlayotgani;
  • 2254 nafar jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtmay tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani;
  • 3968 ta ob’yekt egalari ijara shartnomalarini soliq inspeksiyasida roʻyxatga qoʻymagani;
  • 875 ta mol-mulk ob’yekti hamda yer maydoni egalari mulkni kadastr idoralarida roʻyxatdan oʻtkazmagani aniqlandi.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text148331_soliq_tulovchilarda_surov_utkazila_boshladi