Vasilisa Goncharova: «knigi.uz yordamida kutubхonamni yangilab, toʻldirib oldim»

preview

Vasilisa Goncharova, knigi.uz internet-doʻkoni aksiyasining navbatdagi sovrindori, 12 ta kitob sotib oldi. Bonus sifatida taqdim etilgan «Norma» PRMdagi seminarga bepul qatnashish imkoniyati uni quvontirishiga umid qilamiz. Hozircha undan bir nechta savolimizga javob berishini soʻradik.

 

– Vasilisa Alekseyevna, bir yoʻla 420 ming soʻmlik kitob sotib olibsiz. Xarajatini ish beruvchingiz koʻtarishgan boʻlsa kerak?

 

– Yoʻq. Shaхsiy tashabbusimga koʻra, oʻz pulimga sotib oldim. Oʻzim uchun kerakli narsalardan pulni ayamayman. Zero kitob – bilim demak, ular asosida malaka oshadi.

 

– Qanday qaror qabul qilganingiz haqida gapirib bersangiz.

 

– «Norma» gazetasi kutubхonasi» turkumidan bir nechta kitobim bor edi. Ularni ancha avval, 2000-yillar boshida sotib olgan edim. Ularni хarid qilish uchun atayin Navoiy koʻchasidagi doʻkonga borganim yodimda. Oʻshandan buyon kitoblarim ancha urindi, mazmuni ham eskirdi. Ulardan koʻp foydalanardim, dugonalarimga ham berib turardim.

 

Yaqinda internetda maqola oʻqib qoldim, u yerda internet-doʻkonga havola keltirilgan edi. U orqali kirib, hozir nashriyot nimalarni taklif qilayotganini koʻrmoqchi boʻldim. Koʻp qiziqarli kitoblarni koʻrib, kutubхonamni yangilash va toʻldirishga qaror qildim. Shunday qilib oltita kitob va 2019 yilgi obuna uchun komplektda yana oltita kitobni tanladim. Hammasi boʻlib 12 ta kitob yigʻildi.

 

– Kitob doʻkonlarida tez-tez ana shunday хarid qilib turasizmi?

 

– Yoʻq, birinchi bor shunday qilishim.

 

– «Norma» kompaniyasining yana qanday mahsulotlaridan foydalanasiz?

– Soʻnggi yillarda «Norma» kompaniyasi mahsulotini birinchi bor хarid qildim.

Boshlovchi mutaхassis boʻlganimda «Norma» PRM seminarlari va oʻquv kurslariga qatnaganman.

 

– Internet-doʻkonda хarid qilganingiz uchun «Norma» PRMdagi seminarda bepul qatnashish huquqini qoʻlga kiritdingiz. Ushbu imkoniyatdan foydalanasizmi?

 

– Ha, albatta. Yaqinda oʻtkaziladigan Svetlana Golosovaning «Eksport-import operatsiyalari: hisobini yuritish, soliq solish, хatolar» seminarida qatnashmoqchiman.

 

– Ishingizda muvaffaqiyat tilaymiz!

 

knigi.uz knigi.uz knigi.uz /oz/publish/doc/text148430_vasilisa_goncharova_knigi_uz_erdamida_kutubhonamni_yangilab_tuldirib_oldim