Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2019 yil 1 martdagi holatga koʻra roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 361,2 mingtani tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davridagidan 17,1% koʻpdir, deya xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha savdo sohasiga – 23,8%, sanoatga – 17,6%, qurilishga – 9%, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligiga – 7,5%, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarga – 6,2%, tashish va saqlashga – 4%, axborot va aloqaga – 2,1%, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga – 2%, iqtisodiy faoliyatning boshqa sohalariga 27,8% toʻgʻri keladi.
Faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning koʻpchiligi Toshkentda (73 600), Toshkent (31 879), Fargʻona (31 251), Andijon (28 755) va Samarqand viloyatlarida (27 230) joylashgan.
Yangi tashkil etilgan korxonalar koʻpincha mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklini tanlamoqdalar.

Koʻrsatilgan sanaga kelib xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 8 056 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda ularning soni 41,1% oʻsdi. Asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, XXR, Qozogʻiston va Koreya Respublikasi hissasiga toʻgʻri keladi.