Turistik vaucher qanday koʻrinishda boʻlishi kerak

preview

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turistik yoʻllanma (vaucher) namunaviy shakli loyihasini QHTBT portalida taqdim etdi.

 

Eslatib oʻtamiz, turistik yoʻllanma (vaucher) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat («Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasi).

 

U shu jumladan quyidagi koʻrinishdagi imtiyozlarni qoʻllash nuqtai nazaridan muhim:

  • Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq, turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qilish oborotini QQSdan ozod etish;
  • 7.02.2018 yildagi PQ–3514-son qarorning 8-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini Oʻzbekiston boʻylab turistik yoʻllanmalarni turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sub’yektlardan sotib olishga yoʻnaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytirish.

 

Taqdim etilgan namunada turistik faoliyat sub’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (nomi, litsenziyasi, rekvizitlari), agent (ma’lumotlar va telefon raqami), turist yoki turistlar guruhi (ismi va mamlakati, kelish/ketish sanalari va Oʻzbekistonda boʻlish muddati), shuningdek kiritilgan xizmatlar roʻyxati (yashash, ovqatlanish, transport, ekskursiya va boshqa xizmatlar) boʻladi. Vaucherda berilgan sanasi va imzo, shuningdek uning ajralmas qismi boʻlgan shartnomaga (turistik xizmatlar koʻrsatish, tahr.) havola boʻlishi kerak.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

   

Oleg Zamanov.


 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text148873_turistik_vaucher_qanday_kurinishda_bulishi_kerak