Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish nazarda tutilgan
. Bu tadbirkorlarning soliq toʻlashga doir chiqimlarini kamaytiradi, bu bilan Doing Business reytinglar tizimidagi mezonlardan biriga amal qilingan boʻladi.

Ushbu yoʻnalishda koʻp ishlar qilindi. Xususan, JShDS va YaIT boʻyicha hisobot shakllari birlashtirildi, foyda soligʻi, QQS va YaST boʻyicha ancha soddalashtirildi.
Biroq bu barcha muammolar hal etilganini anglatmaydi. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma
bilan bogʻliq vaziyat bunga misol boʻla oladi. Uni joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha soliq organlariga taqdim etish zarur
.
2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan koʻp korхonalar ushbu norma bizga tatbiq etilmaydi, deb hisobladilar. Ular umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtganlar birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinishi nazarda tutilgan Soliq kodeksining 354-moddasi qoidalariga tayandilar. Modomiki, toʻlovlar toʻlanmas ekan – ma’lumotnoma ham kerak emas, Soliq kodeksiga muvofiq, u «yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning summasini aniqlash uchun» taqdim etiladi
. Soliq solish sohasidagi ekspertlar va soliq organlarining ayrim vakillari koʻp bor ushbu pozitsiyadan kelib chiqdilar («Topshirish kerakmi yoki yoʻqmi – mana masala qayerda», «2019 yil I chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar yuzasidan ma’lumotnomani kim topshirishi kerak» savol-javoblariga qarang).
Biroq belgilangan sanadan keyin bir oydan ortiq vaqt oʻtgach, DSQ ushbu masala yuzasidan boshqacha fikrda ekanligi ma’lum boʻldi. Soliq toʻlovchilarga 18 fevralda yoʻllangan Bildirishda quyidagilar qayd etilgan edi:
– hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha Ma’lumotnomani taqdim etish zarurligi;
– joriy toʻlovlar boʻyicha tegishli satrga – ulardan ozod qilingan taqdirda «0» raqamini qoʻyish kerakligi;
– Ma’lumotnomani taqdim etmaganlik uchun «ta’sir» choralari koʻrilishi mumkin ekanligi. Ular orasida – soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish
va 1 EKIHdan 3 EKIHgacha miqdorda ma’muriy jarima solinishi
sanab oʻtilgan.
Kelgusida ana shunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun quyidagicha yoʻl tutishni taklif etamiz:
1. Soliq solishning yangi tizimiga oʻtish sharoitida soliq organlari yuzaga kelayotgan muammolarga yanada tezkor munosabat bildirishini. Soliq qonunchiligini amalga oshirishda bundan keyin ham tushunmovchiliklar yuzaga keladi, DSQ ushbu muammolar yuzasidan oʻz pozitsiyasini vaqtida ma’lum qilsa, insofli soliq toʻlovchilarga murakkab vaziyatlarda – barcha muddatlar oʻtib ketishidan avval toʻgʻri ish tutishida yordam bergan boʻladi.
2. Soliq toʻlovchilar uchun nafaqat DSQning, balki Moliya vazirligining fikri ham muhim. Zero aynan u «boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga soliq solish uslubiyati, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarning shakllarini ishlab chiqadi»
.
3. Soliq kodeksida bir хil talqin qilib boʻlmaydigan masalalar boʻyicha hujjatlarni Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etish maqsadga muvofiq. Bu rasmiy organlarning amaldagi qonunchilikni turlicha talqin qilish boʻyicha pozitsiyasi хususida savollarni keltirib chiqarmaydi.
DSQning «Bildirishi» esa bir nechta savollarni yuzaga keltirdi.
1. Har qanday, ayniqsa soliq hisobotini topshirishdan ma’no boʻlishi kerak. YaST toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan shaхslar birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etilsa, ushbu «toʻlanmaydigan» joriy toʻlovlar haqidagi ma’lumotnoma nega kerak? Nol qayd etilgan hisobotni topshirishdan hech qanday ma’no yoʻq.
2. Joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma shaklida quyidagicha izoh berilgan:
– agar normativ-huquqiy hujjatlarda toʻliq ozod etish koʻrinishida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz berilgan boʻlsa, 010, 020, 030 va 040-satrlarga «0» qoʻyiladi;
– agar 010-satrning qiymati EKIHning 200 baravaridan kam miqdorni tashkil etsa, 020, 030 va 040-satrlarda «0» qoʻyiladi hamda yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlanmaydi.
Ya’ni MV va DSQ qabul qilgan hujjatda umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtganda foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar «nol» qayd etilgan hisobotlarni topshirishi nazarda tutilmagan.
3. Huquqiy amaliyotda analogiyalar tizimi mavjud. Chunonchi, norezidentning doimiy muassasasi foyda soligʻini joriy toʻlovlarni toʻlamasdan yiliga bir marta toʻlaydi
. Bizga ma’lumki, doimiy muassasalar joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etmaydi. Savol yuzaga keladi – unda nima uchun joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etilgan korхona uni taqdim etishi kerak?
4. Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning nolga teng hisob-kitoblari bilan birga ma’lumotnoma taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga nisbatan sanksiyalar qoʻllanishi toʻgʻriligi ham shubha uygʻotadi. Ular «soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur boʻlgan soliq hisobotlari, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlik uchun» nazarda tutilgan.
«Nolli» ma’lumotnoma foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun kerak emasligidan kelib chiqilsa, ma’muriy jarimaning qoʻllanilishi quyidagilarga zid sanaladi:
– Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan odillik prinsipiga
;
– soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipiga
.
Ishlab chiqilayotgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida «nolli» ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etish muammosi Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etilishiga umid qilamiz.
J. Abdullayev, M. Perper.