Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
knigi.uz internet-doʻkoni oʻrnatiladigan CD-disk versiyasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini e’tiboringizga havola etadi.
Buyurtma rasmiylashtirilgan kundagi holatga koʻra Soliq kodeksi, barcha qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar sizning nusxangizga kiritiladi.
«2019 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» toʻplami bosma versiyasining sotib boʻlingan adadiga kirgan barcha materiallarni, aynan Soliq kodeksi va quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni elektron nashrdan topasiz:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida;
- Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
- Toshkent shahri boʻyicha 2019 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida.
Elektron toʻplamdagi barcha hujjatlar oʻzbek va rus tillarida berilgan.
Nashr rahbarlar va buxgalterlar, olimlar va soliq huquqi sohasidagi amaliyotchilar – sudyalar, advokatlar, soliq organlari xodimlari, yuriskonsultlar, auditorlar, iqtisodiy va yuridik oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilari, aspirantlari, talabalari, shuningdek amaldagi soliq qonunchiligi boʻyicha toʻliq axborot olishni xohlovchilar barcha kishilar uchun moʻljallangan.
Havola orqali oʻtib, buyurtmani rasmiylashtirish mumkin.