Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar

YaIDXP Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining yangi xizmatini taklif etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 21.09.1999 yildagi 438-son qaroriga muvofiq, «Oʻzstandart» agentligi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini turli tashuvchilardagi shtrixli kodlarning original-maketlari bilan ta’minlaydi.
Mahsulotlarni GS1 shtrixli kodlari bilan tamgʻalash istagini bildirgan tadbirkorlar tashkilotning va Oʻzbekiston davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun «GS1 Uzbekistan» uyushmasida roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Soʻng tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reyestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun «Oʻzstandart» agentligiga ular haqidagi axborotni taqdim etish zarur (Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash toʻgʻrisidagi nizomga qarang).
Yangi xizmat tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari – Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga avtomatik rejimda koʻrsatiladi.