Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Adliya vazirligining Telegram-kanalidagi хabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.03.2019 yildagi 241-son qarori bilan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq Agentlik tadbirkorlikni faol rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi yirik loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga va ularni amalga oshirishni tashkil etishga koʻmaklashish uchun maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Startap-loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion gʻoya va teхnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasida laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga koʻmaklashish Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Lola Abduazimova.