Davra suhbatida auditorlik faoliyatini takomillashtirish muhokama qilindi

preview

Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 27 mart kuni “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni takomillashtirishning asosiy jihatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

 

Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini bevosita jamoat birlashmalari va auditorlik tashkilotlari vakillari bilan atroflicha va kompleks muhokama qilish tadbirning asosiy maqsadi boʻldi.

 

Moliya vazirligi mutaхassislari qonun loyihasi quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligini ta’kidladilar:

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyaning qogʻoz shaklidan voz kechish;
  • auditorlik faoliyatini faqat auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
  • Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan oʻtkazish;
  • majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar roʻyхatini shakillantirish;
  • manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • auditning хalqaro standartlarini joriy etishda eng yaхshi jahon tajribasini qoʻllash boʻyicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining faoliyatini faollashtirish;
  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish.

 

Davra suhbati davomida auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishning samarali tizimini yaratish va auditorlarni malalakasini oshirishning amaldagi amaliyotini qayta koʻrib chiqish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, auditorlik tashkilotlari rahbarlarining auditorlik tashkilotlari qoʻrsatayotgan хizmatlari sifati hamda auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun qoidalarini buzilishi boʻyicha javobgarliklarini oshirishga tegishli takliflari eshitildi.

 

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari tomonidan, auditning хalqaro standartlarini oʻrnatuvchi va ushbu standartlarni ilgʻor jahon tajribasi asosida joriy etishni tarqatuvchi, хalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Davra suhbati ishtirokchilari qonun loyihasi muhokamasi yakunlari boʻyicha audit sohasiga tegishli qonunchilikni takomillashtirishga doir asoslangan takliflar taqdim etdilar. 

 

Moliya vazirligi aхboroti asosida.

 


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149239_davra_suhbatida_auditorlik_faoliyatini_takomillashtirish_muhokama_qilindi