Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Xalqaro moliya-bank forumi doirasida Uzcard-«Mir» kobeyjing kartalarini chiqarish boʻyicha shartnoma imzolandi, deya xabar berdi oʻz saytida Yagona umumrespublika protsessing markazi.

Shu tariqa «Mir» kartalaridan Oʻzbekiston hududida foydalanish mumkin.
«Mir» toʻlov tizimi bilan hamkorlik chet ellik turistlar va Oʻzbekiston tadbirkorlarining imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Mir» tizimi Maestro, JCB va UnionPay singari eng yirik xalqaro tizimlar bilan birgalikda kartalar chiqaradi.
Ikkala toʻlov tizimi hamkorligida «Mir» toʻlov tizimida ishtirok etuvchi Rossiya banklari infratuzilmasida Uzcard kartalari qabul qilinishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.