Buxgalter.uz eslatadi

preview

5 aprel:

 

  • 2019 yil mart oyida natura holida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni

(Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi). 

Masalan, korхonaning ayrim хodimalariga 8 martga atab qimmatbaho sovgʻalar natura holida berildi, ularning qiymati EKIHning imtiyozli 6 baravari miqdoridan (Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandi) oshib ketdi.

Shu munosabat bilan ish beruvchi joriy yilning 5 aprelidan kechiktirmay berilgan, qiymati 6 EKIHdan oshgan sovgʻalar summasiga JShDS hisoblashi va toʻlashi shart (Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi).

 

  • banklar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishining soʻnggi kuni

(Soliq kodeksining 165-moddasi 4-qismi 1-bandi).

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149295_buxgalter_uz_eslatadi