Pensiya hisoblash uchun ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma onlayn rejimda beriladi

preview

YaIDXPda Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati joriy etildi.

Fuqarolarga hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik rejimda taqdim etiladi. Portalda koʻrsatilishicha, xizmat bir zumda va bepul koʻrsatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi «Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida»gi 80-son qarori xizmat joriy etilishi uchun asos boʻldi. Unda Hisoblangan ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va davlat interaktiv xizmatini joriy etish nazarda tutilgan edi.  

Murojaat qiluvchi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilmagan taqdirdagina xizmat koʻrsatishni rad etishlari mumkin.

Quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilib, xizmat haqida qoʻshimcha tushuntirishlarni olish mumkin: (+998) 71 244-32-82.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149360_pensiya_hisoblash_uchun_ish_haqi_tugrisidagi_malumotnoma_onlayn_rejimda_beriladi