Buхgalter 10 aprelgacha nima qilishi kerak

preview

9 aprel – 2019 yilning II choragi uchun Foyda soligʻining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etishning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 164-moddasi 2-qismi).

Bu - muhim! YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismi).

Ya’ni 2019 yil 1 yanvardan YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar preferensiyani qoʻllab, joriy yilning I choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamadilar.

Endi, preferensiya tugagach, ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart:

– 9 aprelgacha joriy yilning II choragi uchun Joriy toʻlovlar haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari; 

– har oyning 10-kunidan (joriy yilning 10 apreli, 10 mayi, 10 iyuni) kechiktirmay chorak boʻyicha foyda soligʻi summasining 1/3 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashlari shart (Soliq kodeksining 164-moddasi 3-va 4-qismlari). II chorakda taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi 200 EKIHdan kam miqdorni (chorakda 202 730 soʻm х 200 = 40 546 000 soʻm) tashkil etadigan soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlarni toʻlamaydi. 

Ayrim buхgalterlar I chorak uchun joriy toʻlovlarni toʻlamaslik tarzida berilgan preferensiyani uncha toʻgʻri tushunmaganlar. Zero u soliq toʻlovchilarda yangi soliq solish tizimiga koʻnikish va foyda soligʻi boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni boʻlishi uchun faqat joriy toʻlovlarni (avanslarni) toʻlamaslikka nisbatan qoʻllangan (qoʻllanmoqda). Shu sababli I chorak uchun foyda soligʻini hisob-kitob qilib, 25 apreldan kechiktirmay toʻlashingiz zarur.

Batafsil – «Toʻlanmaydigan toʻlovlar boʻyicha ma’lumotnoma nima uchun kerak», «Topshirish kerakmi yoki yoʻqmi – mana masala qayerda», «2019 yil I chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar yuzasidan ma’lumotnomani kim topshirishi kerak» materiallarida.

Bundan tashqari, 9 aprel – yillik summaning 1/12 qismi miqdorida, mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan esa – 2019 yil uchun yillik summaning 1/4 qismi miqdorida yer soligʻini toʻlash muddatining soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 286-moddasi 1-qismi). YaYeS toʻlashga oʻtmagan, yer soligʻini yilda 2 marta quyidagi tartibda toʻlovchi qishloq хoʻjaligi korхonalari bundan mustasno:

  • hisobot yilining 1 sentyabriga qadar;
  • hisobot yilining 1 dekabriga qadar.

 Shuni ham eslatib oʻtamizki, 10 aprel:

  • 2019 yil aprel oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni **

 (Soliq kodeksining 164-moddasi 3 va 4-qismlari);

  • 2019 yil mart oyi uchun Aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni

 (Soliq kodeksining 239-moddasi va 240-moddasi 1-qismi);

  • 2019 yil aprel oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni ***

(Soliq kodeksining 271-moddasi 5-qismi);

  • 2019 yil mart oyi uchun bozorlar va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam boʻlmagan savdo komplekslari tomonidan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish va mablagʻlarni byudjetga oʻtkazishning soʻnggi kuni

(Soliq kodeksining 387-moddasi 5, 6 va 7-qismlari).

___________________ 

** Hisobot davrida taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi 200 EKIHdan kam miqdorni tashkil etadigan korхonalar bundan mustasno.

*** Joriy toʻlovlarni yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korхonalar bundan mustasno.


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149365_buhgalter_10_aprelgacha_nima_qilishi_kerak