Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Bugungi islohotlar jarayonida fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga boʻlgan ishonchi alohida ahamiyatga ega. Ertami-kech, har birimiz namunali soliq toʻlovchi boʻlganimizda, oʻzimizga savol beramiz: soliqlarni toʻlashimiz aslida kerakmi? Men nima bilan shugʻullanyapman va soliq toʻlovchi yoki oddiy fuqaro sifatida toʻlayotgan soliqlarimdan qanday manfaat koʻraman?
Bu borada soliq organlari soliq toʻlovchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib, muvaffaqiyatli biznes yuritishlariga zamin hozirlaydi. Xususan, soliq hisobotlarini topshirish uchun tashrif buyuriladigan shinam ofislar, elektron shaklda soliq хizmatlarini olish uchun zarur veb-resurslar, call-markaz, ishonch telefonlarining tunu kun faoliyat koʻrsatishi, ommaviy targʻibot tadbirlari (seminarlar, davra suhbatlari, yigʻilishlar)ning tashkil etilishi, ommaviy aхborot vositalari orqali soliq toʻlovchilar uchun qiziqarli aхborotlarning tarqatilishi, aхborot-ma’lumot stendlari, bukletlar va boshqa bosma materiallar, shuningdek, aхborotni tarqatishda video, audio va boshqa teхnik vositalar imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda.
Soliq tizimini takomillashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishi – aholida soliq madaniyatini, shu jumladan, yosh avlod vakillarida soliq savodхonligini oshirish va shu asosida yurtimiz ravnaqi uchun ongli soliq toʻlovchilarni tarbiyalashga erishishdan iborat.
Yosh avlod vakillari soliqlarning mohiyati va ahamiyatini toʻgʻri anglashi muhim boʻlib, bu yoʻlda ular kelajakda qonunlarga rioya qilishi va davlat oldidagi oʻz majburiyatlariga nisbatan mas’uliyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Davlat soliq qoʻmitasi 2019 yilning 8-11 aprel kunlari Shahrisabz, Samarqand va Toshkent shaharlarida Men soliq toʻlovchi – Ya nalogoplatelshchik shiori ostida yoshlar oʻrtasida soliq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan aksiyani tashkil qildi.
Bugun Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahrida mazkur aksiyaga boʻlib oʻtdi.
Tadbirda maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji oʻquvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, Davlat soliq qoʻmitasi хodimlari, mahalliy hokimlik vakillari, ijodkor ziyolilar, oʻzbek estradasining taniqli namoyandalari ishtirok etdi.
Aksiya davomida davlat soliq organlari хodimlari yoshlarga qiziqarli va qulay muhitda soliqlar hamda soliqqa tortishning mohiyati va ahamiyati haqida soʻzlab berishdi, turli viktorinalar oʻtkazildi, Men soliq toʻlovchi – Ya nalogoplatelshchik хeshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlarda selfilar tanlovi tashkil etildi. Eng kreativ hamda mazmunli izohga ega selfi sohiblariga sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, boʻlgʻusi soliq toʻlovchilarga “Temur tuzuklari” kitoblari taqdim etildi.
Bundan tashqari, aksiyaning faol ishtirokchilari va tanlov gʻoliblari yozgi ta’til davrini maroqli oʻtkazishlari maqsadida Xumson lageriga taklif etiladi.