25 aprelgacha buxgalter nimalarga ulgurishi kerak

preview

Joriy yilning I choragi uchun hisobot topshirishga sanoqli kunlar qolganini hurmatli buxgalterlarimizga eslatib oʻtamiz. Nazorat sanalarini aniqlashtirib olamiz.

24 aprel – «yirik» korxonalar 2019 yil I choragi uchun moliyaviy hisobot taqdim etishining soʻnggi kuni (AV tomonidan 03.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi).

«Yirik» korxonalar, ya’ni xodimlar soni mezoniga koʻra mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxonalar quyidagi komplektda choraklik moliyaviy hisobot taqdim etadilar (Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalarning 3-bandi, 7-ilova, 24.01.2003 yilda 1209-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan):

Ushbu shakllarni toʻgʻri tuzish uchun:

  • barcha buxgalteriya operatsiyalarini qayd etish;
  • debitorlik va kreditorlik qarzini tekshirish;
  • avanslarning schyotlarini yopish;
  • realizatsiya qilingan mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini shakllantirish;
  • davrdagi barcha daromadlar va xarajatlar schyotlarini yakuniy moliyaviy natijaga yopish zarur.

Buni Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 05.02.1999 yildagi 54-son qarori) rioya etgan holda amalga oshirish lozim.

Ma’lumot uchun. MNHda barcha daromadlar va xarajatlarni jamlaganingizda 240-satr «Foyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda (zarar) (220+/–230-satr)» «+» (foyda) yoki «–» (zarar) bilan chiqishi mumkin.

24 aprel 2019 yil mart oyi uchun Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning ham soʻnggi kuni (AV tomonidan 24.02.2009 yilda 1909-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12, 13-bandlari).

25 aprel 2019 yil I choragi uchun:

  • Foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 163-moddasi 2-qismi; Soliq kodeksining 164-moddasi 6-qismi).

Quyidagi materiallarni koʻrib chiqishni tavsiya etamiz: Foyda soligʻi hisob-kitobi ilk bor qanday topshiriladi, Foyda soligʻi boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi: koʻp uchraydigan savollarga javoblar;

  • toʻlov manbaida Foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etishning soʻnggi kuni (mazkur toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa) (Soliq kodeksining 165-moddasi 4-qismi); 
  • I  chorak uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va 2019 yil mart oyi uchun uni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 247-moddasi 3 va 4-qismlari);
  • I chorak uchun Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini taqdim etish va 2019 yil mart oyi uchun, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan esa – 2019 yil I choragi uchun uni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 360-moddasi 4 va 5-qismlari);

2019 yil mart oyi uchun:  

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 187-moddasi 2-bandi; Soliq kodeksining 188-moddasi; Soliq kodeksining 310-moddasi). 

Quyidagi materiallarni koʻrib chiqishni tavsiya etamiz: JShDS va YaIT hisob-kitobining yangi shakli qanday toʻldiriladi, Pensiya va nafaqalar – JShDS va YaIT hisob-kitobida, Yanvar va fevral uchun ShJBPH Xalq banki tizimida qanday aks ettiriladi;

  • QQS hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 225-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-5-moddasi 1 va 3-qismlari).

Quyidagi materiallarni koʻrib chiqishni tavsiya etamiz: QQS boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshirish oqibatlari, QQS salbiy chiqqan bosh buxgalter nimalarga tayyor boʻlishi kerak, QQS boʻyicha hisobot toʻldirayotganda nimalarga e’tibor berish lozim, Soddalashtirilgan QQS va norezident xizmatlari boʻyicha hisobotlarni toʻldirishga misol;

  • mart oyi uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 347-moddasi 3-qismi); 
  • mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan, toʻlangan pensiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning soʻnggi kuni (AV tomonidan 03.11.2016 yilda 2836-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi);

 2019 yil aprel oyi uchun:

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni. Bir yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning umumiy summasi 200 EKIHdan kamni tashkil etadigan, yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay joriy toʻlovlarni toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari, respublikamizda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston norezidentlari, shuningdek dehqon xoʻjaliklari mazkur soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydilar (Soliq kodeksining 264-moddasi 3-qismi).

Tatyana Limareva.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149795_25_aprelgacha_buhgalter_nimalarga_ulgurishi_kerak