9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Hurmatli soliq toʻlovchilar! DSQ va MVning Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 21 yanvarda 3126-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qaroriga muvofiq yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisobotning yangi shakli tasdiqlangan edi. Endi hisob-kitobda savdo faoliyatiga va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyatga toʻgʻri keladigan YaST summasini aks ettiradigan satr mavjud emas.

Shu munosabat bilan YaST «100» kodi boʻyicha toʻlanadi.
«108» kodi boʻyicha ortiqcha toʻlangan YaST summalari soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq organlari tomonidan – soliq toʻlovchining yozma shaklda yoki shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda bergan arizasi asosida «100» kodiga oʻtkaziladi.
DSQ xabari asosida.