DSQ ogohlantiradi

preview

Hurmatli davlat soliq xizmati organi xodimlari! Soliq toʻlovchilar tomonidan noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun sharoit yaratib berish evaziga pora yoki boshqa moddiy qimmatliklar taklif qilish holatlari yuzaga kelganda zudlik bilan bu haqda DSQning quyidagi telefonlariga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz:

  • ️71-244-98-98;
  • ️71-244-98-00;
  • ️71-244-98-71;
  • ️1198.

Oʻz vazifasiga vijdonan yondashadigan davlat soliq xizmati organi xodimlari belgilangan tartibda ragʻbatlantiriladi.

Eslatib oʻtamiz, hokimiyat vakilining mansab vakolatini suiiste’mol qilishi, oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qarashi, jinoyatlarni yashirishi, tamagirlik qilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan.

 

DSQ Matbuot xizmati axboroti asosida.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text150129_dsq_ogohlantiradi