Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Toshkent shahar hokimligida yakka tartibdagi imoratlar sifatida rasmiylashtirilgan koʻp kvartirali turar joylar qurilishi masalasi muhokama qilindi.
Poytaхt hokimi Jahongir Ortiqхoʻjayev quruvchilar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollari koʻp uchrayotganini koʻrsatib oʻtdi. Xususan, tadbirkorlar oldi-sotdi shartnomalarida uylarning qiymatini pasaytirib koʻrsatganlar, kassa apparatisiz va tashkilotni lozim darajada roʻyхatdan oʻtkazmay ishlaganlar, yuzlab ishchilarni noqonuniy ravishda yollaganlar. Oqibatda byudjetga soliq tushumlari toʻliq kelib tushmagan.
Ayni paytda soliq organlari vaziyatni oʻrganmoqdalar. Natijalar yaqin orada e’lon qilinadi.
DSQ aхboroti asosida.