5 maygacha buхgalter nima qilishi kerak

preview

5 may:

  • 2019 yil aprelda natura holida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi). 

Masalan, korхona хodimiga joriy yilning 24 aprelida tugʻilgan kuni, shuningdek korхonani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgani munosabati bilan qimmatbaho sovgʻa – qiymati imtiyozli 6 EKIHdan oshgan televizor berildi (Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandi).

Ish beruvchi joriy yilning 5 mayidan kechiktirmay 6 EKIHdan oshgan sovgʻa qiymatidan JShDS hisoblashi va toʻlashi kerak (Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi);

  • banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 165-moddasi 4-qismi 1-bandi).

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text150400_5_maygacha_buhgalter_nima_qilishi_kerak