Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Adliya vazirligi Telegram-bot yaratdi, uning yordamida adliya organlarida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin. 
@antikorbot orqali Adliya vazirligi va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida xabar berish mumkin boʻladi.
Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.
Bunda Adliya vazirligi quyidagilarni eslatadi:
- tuhmat, ya’ni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish EKIHning 20 baravaridan 60 baravarigacha (4 054 600 soʻmdan 12 163 800 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
- tuhmat qilish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, – EKIHning 200 baravarigacha (40 546 000 soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.