Toshkentda nemis texnologiyalari boʻyicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi

preview

Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM qoʻshma korxonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shugʻullanadi (VMning 20.05.2019 yildagi 421-son qaroriga qarang).

Qurilish 2019-2020 yillarda investorning oʻz resurslari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish toʻliq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish oʻrinlari yaratiladi. Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari xarid qilinadi.

Bu 18.04.2018 yildagi PQ-3673-son qarorda nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim. Shuningdek, “assortiment”da nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma kartasi, sogʻliqni saqlash kartasi (tibbiy sugʻurta), ijtimoiy kartalar (nafaqaxoʻrlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maxsus kartalar (harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20%igacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilayotir.

Loyihani      amalga oshirish doirasida 2020 yil 1 iyungacha boʻlgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qoʻshma korxonaga 2021 yil 1 iyulga qadar soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Oleg Zamanov.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151071_toshkentda_nemis_tehnologiyalari_buyicha_plastik_kartalar_ishlab_chiqarish_ishga_tushiriladi