Davstatqoʻm hisobot sanasini koʻchirmoqda

preview

Davlat statistika hisobotining oylik shakllarini taqdim etish muddati 5 iyundan 7 iyunga koʻchirilmoqda.

Quyidagilarni 7 iyundan kechiktirmay taqdim etish lozim:  

  • 2-narx (oylik) «Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-ruhsatnoma shakli (oylik) «Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruxsatnomalar toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot».

Prezidentning 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF–5574-son Farmoniga muvofiq shunday qaror qabul qilindi.

Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlashini ham yodga solib oʻtdi. Bu xohlovchilarga hisobotlarni koʻrsatilgan muddatdan avval yuborish imkonini beradi.



Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151128_davstatqum_hisobot_sanasini_kuchirmoqda