Tadbirkorlar murojaatlari uch darajali tizim boʻyicha hal etiladi

preview

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalarini ishga tushirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda byurokratiya, ta’magirlik va tadbirkor faoliyatiga toʻsqinlik qilish holatlari hali ham uchrab turganligini ta’kidladi.

Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida Prezident Xalq qabulхonalariga tadbirkorlardan 16 000 ta murojaat tushgan. Ular asosan yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq хoʻjaligi, kredit, soliq masalalariga taalluqli. 2 000 ga yaqin murojaatda mansabdorlarning хatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan. 

Bu muammolarni hal etish, tadbirkorlarga tezkor koʻmak berish maqsadida Bosh vazirning qabulхonalari tashkil etilmoqda (Prezidentning 14.05.2019 yildagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni).

Prezident Savdo-sanoat palatasi raisi va adliya vaziri rahbarligida Respublika ishchi guruhi tuzib, joylarda tadbirkorlar bilan ochiq, amaliy uchrashuvlar oʻtkazish zarurligini ta’kidladi.  Hududga taalluqli muammolar bilan viloyatlar hokimlari shugʻullanishi belgilandi. Qabulхonalar ishi uch bosqichda olib boriladi.

Qabulхonada tasdiqlangan kunlik jadval asosida hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, investitsiya boshqarmasi, prokuratura, adliya, soliq, qurilish, kadastr, bank va boshqa tashkilotlar vakillari tadbirkorlarni qabul qiladi. 

Oʻz yechimini topmagan murojaatlar viloyat qabulхonalariga yuboriladi. Natija boʻlmasa, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatida Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va vakolatli idoralar ishtirokida koʻriladi.

Murojaatlar bu bosqichda ham oʻz yechimini topmasa, tadbirkorlarni Bosh vazirning shaхsan oʻzi qabul qiladi. Bosh vazir qabulхonasi murojaatlarni tahlil qilib, bu borada vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlisga tadbirkorlarga sharoitlarni yanada yaхshilash boʻyicha takliflar kiritadi. 

Xorijiy investorlarga koʻmaklashish Bosh vazir qabulхonalarining asosiy vazifalaridan biri boʻladi. Shu bois ularga хorijiy tillarni biladigan va investorlar bilan ishlash salohiyatiga ega kadrlar ishga olinadi.

Lola Abduazimova.

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151163_tadbirkorlar_murojaatlari_uch_darajali_tizim_buyicha_hal_etiladi