Amaldorlar mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladi

preview

Bu Prezidentning 27.05.2019 yildagiOʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmonida nazarda tutilgan.

Muayyan toifadagi davlat хizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda teхnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutish lozim.

 

Oleg Zamanov.

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text151168_amaldorlar_mulki_va_daromadlarini_deklaraciya_qiladi