5 iyungacha buxgalter nima qilishi kerak

preview

5 iyun:

  • 2019 yil may oyida natura holida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi). 

Masalan, joriy yil 15 mayda korxona xodimiga tugʻilgan kuni munosabati bilan, shuningdek korxonani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgani uchun qimmatbaho sovgʻa – televizor taqdim etilgan, uning qiymati imtiyozli 6 EKIH miqdoridan oshgan (Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandi).

Ish beruvchi joriy yilning 5 iyunidan kechiktirmay 6 EKIHdan oshgan sovgʻa qiymatidan JShDS hisoblashi va toʻlashi shart (Soliq kodeksining 188-moddasi 1-qismi);

  • banklar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishining soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 165-moddasi 4-qismi 1-bandi).

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151196_5_iyungacha_buhgalter_nima_qilishi_kerak