Hammasi foyda soligʻi haqida: kim qiyinchiliklarni yenga oladi

preview

«Norma» PRM iyun oyida foyda soligʻini hisoblash va toʻlashga oid murakkab jihatlar yechimini anglab yetish imkonini beradigan rus va oʻzbek tillaridagi turli oʻquv dasturlarida ishtirok etishga taklif qiladi.

10 iyun kuni «Foyda soligʻi» kursi (rus tilida) boshlanadi. Ma’ruzachi – Igor Aipkin.

Kursga yozilish

14 iyun kuni «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi” kursi boshlanadi. Ma’ruzachi - N. Madraimova.

Kursga yozilish

Kurslar dasturi doirasida quyidagi mavzular boʻyicha murakkab jihatlar koʻrib chiqiladi:

-   soliq solish ob’yektini aniqlash;

-   soliq solinadigan bazani aniqlash;

-   chegiriladigan xarajatlarning ochiq roʻyxati;

-   chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq roʻyxati;

- foyda soligʻi stavkalarini qoʻllash;

-   hisobot davri, hisobotlar, soliq toʻlash  davriyligi.

19 iyun kuni «Foyda soligʻi: foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning buxgalteriya va soliq hisobi» ikki kunlik amaliy trening (rus tilida) boshlanadi. Ma’ruzachi – Tatyana Nazarova.

Treningga yozilish

Trening dasturida:

- soliq qonunchiligining amaldagi reglamentlari;

- foyda soligʻini toʻlagunga qadar soliq va buxgalteriya foydasi hisobidagi tafovut tushunchasini oʻz ichiga olgan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda korxonalardagi real xoʻjalik operatsiyalari asosida tayyorlangan vazifalarni yechish.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151263_hammasi_foyda_soligi_haqida_kim_qiyinchiliklarni_enga_oladi