10 iyungacha buхgalter nima qilishi kerak

preview

Mana, yoz ham keldi, buхgalterlar yangi hisobot davri – iyun oyini qarshiladilar, ular joriy toʻlovlarni hisoblashlari va toʻlashlari, soliq organlariga zarur soliq hisobotlarini taqdim etishlari lozim.

Kalendardagi 10 iyun sanasi – 2019 yil iyun oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 164-moddasi 3 va 4-qismlari) ekanligiga hurmatli buхgalterlarimizning e’tiborini qaratamiz.

Hisobot davrida taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda 200 EKIHdan kam miqdorni tashkil etadigan korхonalar foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydi.

Materialni oʻqishni tavsiya etamiz.

Shuni ham eslatib oʻtamizki, YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismi). Ya’ni 2019 yil 1 yanvardan YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar preferensiyani qoʻllab, shu yilning I choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaganlar. Shu tariqa, shu yilning II choragi, хususan, may, iyun oylari uchun belgilangan tartibda joriy toʻlovlarni toʻlash zarur.  

Bundan tashqari, 10 iyun:

  • 2019 yil aprel oyi uchun aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 239-moddasi 1-qismi va 240-moddasi);
  • 2019 yil iyun oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni *** (Soliq kodeksining 271-moddasi 5-qismi). 

Batafsil – materialda;

  • bozorlar va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam boʻlmagan savdo komplekslari 2019 yil may oyi uchun olingan daromadlar va mablagʻlarni byudjetga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 387-moddasi 5, 6 va 7-qismlari).

___________________ 

***Mikrofirmalar va kichik korхonalar bundan mustasno, ular joriy toʻlovlarni yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay toʻlaydilar. 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151389_10_iyungacha_buhgalter_nima_qilishi_kerak