Yana bitta litsenziya uchun buyurtmani onlayn berish mumkin

preview

YaIDXPda yangi хizmat joriy etildi – Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yangi litsenziya olish.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 30.04.2009 yildagi “Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash      tartibini      yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 126-son qarori va ushbu hujjat bilan tasdiqlangan Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom bu sohadagi tartibga soluvchi hujjatlar hisoblanadi.

Nizomga muvofiq, litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmat yuridik shaхslarga yarim avtomatik rejimda koʻrsatiladi va ERI mavjud boʻlishini talab etadi.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151442_yana_bitta_licenziya_uchun_buyurtmani_onlayn_berish_mumkin