Alkogol va tamakining noqonuniy aylanmasi uchun jarimalarning yarmi – Jamgʻarmaga

preview

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom qabul qilindi (VMning 8.06.2019 yildagi 474-son qarori).

Eslatib oʻtamiz, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (bundan keyin – Inspeksiya) 2019 yil fevralda tashkil etilgan. Alohida nizom bilan uning vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatni tashkil etishi, rahbariyatning asosiy funksional majburiyatlari hamda javobgarligi va h.k. belgilangan.

Jamgʻarma yuridik shaxsni tashkil qilmasdan Inspeksiyani saqlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, boshqa tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi (quyidagi jadvalga qarang).

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari

Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari

alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun jarima toʻlashdan tushumlarning 50%i (MJTKning 1861-moddasi; JKning 1861-moddasiga qarang)

Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalarni toʻlashdan tushumlar

Inspeksiyani saqlash, shu jumladan uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar, qoʻshimcha haqlar, mukofotlar, ijtimoiy toʻlovlar toʻlash (shartlar Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilanganlariga aynan oʻxshash; yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshiga 300%gacha ustama tayinlanishi mumkin, tahr.)

etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar

alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida chet el mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek Inspeksiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan tushadigan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar ajratmalari summasining 10%i miqdoridagi tushumlar

ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan davriy nashrlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek alkogol va tamaki sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari

ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan alkogol va tamaki sohasida texnik tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar ishlab chiqilishini moliyalashtirish

Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga vaqtincha joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Inspeksiyaning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa yoʻnalishlar va tadbirlar

Daromadlar va xarajatlar smetasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Mablagʻlarni boshqarish va sarflash Inspeksiya boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi, uning bosh buxgalteri esa Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisobot va hisobdorlikni yuritadi. Inspeksiya Moliya vazirligiga daromadlar va xarajatlar smetasini bajarish boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151527_alkogol_va_tamakining_noqonuniy_aylanmasi_uchun_jarimalarning_yarmi_-_jamgarmaga