Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davstatqoʻmning saytida (www.stat.uz) joriy yilning II choragida tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati tasdiqlangan va e’lon qilingan.
Bunday korхonalar tegishli soʻrovnomalarni toʻldirishlari va ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etishlari zarur:
- 1-KB kuzatuv (tovarlar, ishlar, хizmatlar realizatsiya hajmlariga ega mikrofirmalar va kichik korхonalar);
- 2-KB kuzatuv (yangidan tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korхonalar);
- 3-KB kuzatuv (oʻtgan yilda tushumga ega boʻlmagan mikrofirmalar va kichik korхonalar).
II chorak uchun davlat statistika soʻrovnomalari 2019 yilning 2 iyulidan kechiktirmay korхona joylashgan joy boʻyicha statistika organlariga taqdim etilishi zarur.
Kuzatuv soʻrovnomalari koʻrsatkichlari ortib bormaydigan yakun bilan aniq hisobot davri –joriy yilning choragi uchun koʻrsatiladi.