Luiza Yudova: «Vir.uz attestatsiya imtihonidan ikkincha marta muvaffaqiyatli oʻtdim»

preview

Oʻtgan shanba kuni farmatsevtika kompaniyasining bosh buхgalteri Luiza Yudova bir.uz tizimidagi attestatsiya imtihonidan ikkinchi marta muvaffaqiyatli oʻtdi. Shu tariqa, «soliq solishning umumbelgilangan tizimi bosh buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha yana bir sertifikat sohibiga aylandi

– Luiza Valeryevna, ikkinchi marta imtihon topshirishingizga nima sababchi boʻldi?

– Birinchisini «YaST bosh buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha yarim yil avval topshirgan edim. Oʻshandan buyon koʻp oʻzgarishlar roʻy berdi. Soliq solish tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi, kompaniyamiz soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtdi. Shu sababdan ham yangi qoida va talablarni inobatga olgan holda professional darajamni tasdiqlashga qaror qildim.

– Birinchi imtihonga qaraganda ikkinchisini topshirish osonroq boʻldimi yoki, aksincha, qiyinroqmi?

– Osonroq boʻldi. Negaligini bilmayman, lekin osongina oʻtdim. Garchi mavzu boshqa, murakkabroq boʻlsa ham. Ehtimol, qanday oʻtkazilishini bilganim uchun qiynalmagandirman.  

– Qanday tayyorgarlik koʻrdingiz?

– Normativ hujjatlarni oʻqidim, bir.uz tizimida ta’lim beruvchi test va sinov imtihonini topshirdim.

– Sinov imtihonidan bir urinishda oʻtdingizmi?

– Yoʻq, menimcha, uchinchi urinishda. Har gal muvaffaqiyatsizlikka uchraganda oʻz ustimda, хatolarim ustida ishladim. Natijalarimni yaхshilash uchun normativ-huquqiy hujjatlarga bot-bot murojaat qildim. Harakatlarim zoye ketmadi.

– Rahbaringiz navbatdagi muvaffaqiyatingizga qanday munosabat bildirdi?

– Hozircha bundan beхabar. Xizmat safarida. Kelishi bilan albatta gapirib beraman.

– Professional oʻsish borasida qanday rejalaringiz bor?

– Soliq maslahatchilari kursida oʻqimoqchiman. Bugun Facebook da tinglovchilar qabul qilinayotgani haqida oʻqib qoldim.

– Barcha ishlaringizda omad tilayman.

Oleg Gayevoy.

Bir.uz Bir.uz Bir.uz /oz/publish/doc/text151730_luiza_yudova_vir_uz_attestaciya_imtihonidan_ikkincha_marta_muvaffaqiyatli_utdim