Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Mobil operatorlar 5800 qisqa raqamdan “SMS-xabarnoma” xizmati (MChJ Play Mobile) narxini oshiradi. Bu haqda «Uzcard» toʻlov tizimi xabar berdi.
2019 yil 15 iyuldan ushbu xizmat narxi har bir kirish SMS-xabarnoma uchun 84,20 soʻmni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, “SMS-xabarnoma” xizmati karta egasiga barcha oʻtkazmalar, joriy balans, naqd pul mablagʻlarini yechish boʻyicha operatsiyalar, tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash haqida ular amalga oshirilgan paytda xabardor boʻlish imkonini beradi. Karta ochilgan bankda yoki infokiosk/bankomat yordamida xizmatga ulanish mumkin.
Hozirgi vaqtda har bir kiruvchi SMS 42,1 soʻmni tashkil etadi. Toʻlov xizmat ulangan uyali aloqa raqamidan avtomatik tarzda hisobdan chiqariladi.