2022 yilga kelib sugʻurta sohasining YaIMdagi ulushi ikki baravar oshadi

preview

Prezident 10 iyul kuni sugʻurta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilishda shunday vazifa qoʻydi.

Sugʻurta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakatimiz moliya bozorida bu xizmatlarning oʻrni hozircha katta emas. Ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4%ni tashkil etmoqda. Qiyos uchun: bu koʻrsatkich Janubiy Koreyada 11%, Germaniyada 6%, Rossiyada 1,5%ni tashkil etadi.

Sohadagi muammolardan biri - sugʻurta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Chunonchi, oʻtgan olti oyda 887 mlrd soʻm sugʻurta mukofoti yigʻilgan boʻlsa-da, toʻlangan sugʻurta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11%iga  toʻgʻri kelgan. Dunyoda esa bu koʻrsatkich oʻrtacha 50-60%dir.

Yigʻilishda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasini esa tugatish taklif qilindi.

Mutasaddilarga sugʻurta sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sugʻurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning YaIMdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qoʻyildi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga sugʻurta da’volarini koʻrib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sugʻurta hodisasini adolatli baholash va toʻlovlarni tezkor toʻlash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi.

Davlatimiz rabari, shuningdek, majburiy tibbiy sugʻurta tizimiga puxta tayyorgarlik koʻrish va tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152202_2022_yilga_kelib_sugurta_sohasining_yaimdagi_ulushi_ikki_baravar_oshadi