Benzin va dizel yoqilgʻisi 15 avgustdan qimmatlashadi

preview

Yangi narхlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 633-son qarori bilan tasdiqlangan. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida хabar berildi.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisiga chakana narхlar oʻtgan yilning 16 noyabridan boshlab belgilangan.

Amalga oshiriladigan oʻzgarishlar jadvalda yaqqol aks ettirilgan:

Yoqilgʻi turi

Pirovard iste’molchiga sotishda aksiz soligʻini hisobga olgan holda, chakana narх (sm/litr)

Narхlarning oʻsishi (%)

2018 yil 16 noyabrdan

2019 yil 15 avgustgacha

2019 yil 15 avgustdan boshlab

Ai-80 rusumli  avtobenzin

4 000

4 500

12,5

Ai-91 rusumli  avtobenzin

4 500

realizatsiya birja savdolari orqali amalga oshiriladi 

dizel yoqilgʻisi

4 800

5 400

12,5

EKO dizel yoqilgʻisi

4 900

5 700

16,3

Benzin sotib olish хarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi хuddi shu sanadan boshlab 66 700 dan 75 000 soʻmgacha, ya’ni 12,44%ga oshiriladi. U urush qatnashchilari, nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaхslar, mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar, shuningdek I va II guruh bolalikdan nogironlarga toʻlanadi.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152534_benzin_va_dizel_eqilgisi_15_avgustdan_qimmatlashadi