Isitish va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi

preview

«Toshissiqquvvati» DUK saytida energiya tashuvchilar narxi oshganligi munosabati bilan narx belgilash organining qarori bilan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashishga yangi tariflar belgilangani haqida xabar qilindi.

2019 yil 15 avgustdan quyidagi tariflar kuchga kiradi:

Korxonalar va tashkilotlar uchun issiqlik energiyasiga ulgurji tarif:

QQSsiz

141 737 soʻm/Gkal

QQS bilan

170 084,4 sum./Gkal

Aholi uchun:

markaziy isitish

1 772 soʻm/m2/ kalendar yil oyi uchun (isitiladigan maydon)

issiq suv ta’minoti ( issiq suv ta’minoti xarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlmaganda) 

1 kishi uchun oyiga 20 470 soʻm

issiq suv ta’minoti (umumiy yuvinish xonalariga ega yotoqxonalarda yashovchilar uchun) 

1 kishi uchun oyiga 15 228 soʻm

issiq suv ta’minoti xarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlganda 

1 mZ uchun 5 242 soʻm

Vazirlar Mahkamasining 6.11.2013 yildagi «Respublika issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 300-son qarorining 10-bandiga muvofiq:

YuRIDIK ShAXSLAR UChUN

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yuridik shaxslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravar miqdorini qoʻllagan holda amalga oshiriladi (koʻp kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan isitish uchun issiqlik energiyasi bundan mustasno).

AHOLI UChUN

Issiq suvni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan aholiga yetkazib berilgan issiq suv qiymatini toʻlash issiq suv ta’minoti xizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Propiska qilingan fuqarolar boʻlmagan turar joylarda issiq suvni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda, issiq suv ta’minoti xizmati uchun hisob-kitoblar iste’mol normalari boʻyicha, issiq suv ta’minoti xizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda, quyidagi hisob-kitobdan kelib chiqib amalga oshiriladi:

  • bir kishiga bir xonali va ikki xonali uyda;
  • ikki kishiga uch xonali uyda;
  • toʻrt kishiga toʻrt xonali uyda;
  • toʻrt kishiga besh xonali uyda. 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152607_isitish_va_issiq_suv_uchun_yangi_tariflar_joriy_etiladi