10 avgustgacha buxgalter nima qilishi kerak

preview

Hurmatli buxgalterlarga yaqinlashayotgan avgust oyi nazorat sanalarini eslatib oʻtamiz.

10 avgust 2019 yilning avgust oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovni toʻlashning soʻnggi kuni (SK, 164-modda, 3 va 4-qismlar). Hisobot davridagi taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi EKIHning 200 baravaridan kam boʻlgan korxonalar foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydi. Eslatib oʻtamiz, joriy yil 1avgustdan boshlab 1 EKIH – 223 000 soʻm.

Materialni oʻqishni tavsiya qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi (SK, 354-modda, 3-qism).

Bundan tashqari, 10 avgust:

  • 2019 yilning iyul oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish va toʻlovni toʻlashning soʻnggi kuni (SK, 239-modda; 240-modda, 1-qism);
  • 2019 yilning avgust oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovni toʻlashning soʻnggi kuni (SK, 271-modda, 5-qism). Joriy toʻlovlarni har chorakning uchinchi oyi 25-kunidan kechikmay toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno;
  • 2019 yil iyul oyi uchun bozorlar va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi kamida 51%ni tashkil etgan savdo majmualari olgan daromadlari va byudjetga mablagʻlar oʻtkazgani toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etishning soʻnggi kuni (SK, 387-modda, 5, 6 va 7-qismlar).

 

Tatyana Limareva.


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152761_10_avgustgacha_buhgalter_nima_qilishi_kerak