Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Moliya vazirligi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maxsus Telegram-bot ishga tushirildi, deya xabar berildi idora saytida.
Botning maqsadi – nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarishda amaliy yordam koʻrsatish.
Bot orqali quyidagilarni bilib olish mumkin:
- soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida ariza topshirish tartibi;
- kerakli hujjatlar roʻyxati;
- qaytarish jarayoni.
Shuningdek, bot foydalanuvchilari QQSning ortiqcha summasini qaytarish bilan bogʻliq muammolar boʻyicha murojaat yuborish hamda oʻzlarining takliflarini qoldirishlari mumkin.
Botdan foydalanish videoyoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.