DSQ Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilari roʻyxatini e’lon qildi

preview

Roʻyxat DSQning 2019 yil 12 iyuldagi 178-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va unga barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan 1 416 xoʻjalik yurituvchi sub’yekt kiritildi.

Yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiradi (Nizomning 4-bandi, roʻyxat raqami 3172, 12.07.2019 y.):

  • aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
  • tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
  • «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
  • mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
  • oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va xizmatlarni) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq toʻlovchilar toifasini aniqlashda, koʻrsatilgan mezonlar oʻtgan kalendar yil yakunlari boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining koʻrsatkichlari asosida belgilanadi.

 

Lola Abduazimova.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152781_dsq_uzbekistonning_yirik_soliq_tulovchilari_ruyhatini_elon_qilindi