DSQ xodimlari Turkiyada nimalarga alohida e’tibor qaratishdi

preview

DSQ mutaxassislari guruhi Turkiyadan soliq ma’muriyatchiligini avtomatlashtirish tajribasini oʻrganib qaytdilar.

– Turkiya soliq ma’muriyatchiligini avtomatlashtirish va soliq yigʻimlari koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori natijalarni qayd etayotgan davlatlardan biridir, - deb ta’kidlaydi DSQ kotibiyati mudiri Xolboʻta ISMATOV.

Oʻzbekiston risk-tahlilning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etdi. Hozirgi paytda sun’iy intellekt yordamida turli manbalardan kelib tushadigan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati toʻgʻrisidagi yirik hajmdagi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Bu har bir soliq toʻlovchining bitimlarga munosabatida soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning aniqligini baholash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotni takomillashtirish dolzarb boʻlib qolmoqda, bu masalaning hal etilishi soliq organlarining soliq toʻlovchiga nisbatan asossiz da’volari sonini kamaytirishga imkon beradi. Turkiya, xususan, dasturni bir vaqtning oʻzida 66 ta mezon boʻyicha qayta ishlash natijasida bunday samaraga erishdi.

Turkiya QQS toʻlashdan qochish holatlarining oldini olishda IT-yechimlarni faol qoʻllamoqda. Mazkur soliq u yerda gʻaznani toʻldirishdagi ahamiyatiga koʻra ikkinchi oʻrinda turadi. Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda ularni taqsimlashning har bir bosqichida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadi. Bunda har bir bosqichda yangi qoʻshiladigan mahsulot yoki xizmatlar qiymati ulushiga soliq solinadi. Qoidaga koʻra, soliq toʻlovchilar koʻpincha yuridik shaxslar boʻladilar, yakunlovchi bosqichda iste’mol tovarlari sifatida mahsulot va xizmatlarni olishda jismoniy shaxslar ham soliq toʻlaydilar. Ushbu soliq toʻliq toʻlanishini nazorat qilish mamlakat soliq organlari uchun katta ish koʻlamini tashkil qilganligi bois, kompyuter texnologiyalarisiz bu ishni uddalash murakkab boʻlib qoldi. Kompyuter  texnologiyalarining qoʻllanilishi soliq toʻlovchilarni intizomli boʻlishini ta’minlaydi. Qonunga koʻra soliqlarni toʻliq yoki qisman toʻlamaslik shaxsiy mablagʻlardan jarimalar va chegirmalar olinishiga sabab boʻladi.

Oʻzbekistonda elektron tijorat rivojlantirilmoqda. Bu soliq organlari uchun yangi ish uchastkasi hisoblanadi. Turkiya iqtisodiyotida elektron tijorat salmoqli hajmni egalladi. Hatto ommaviy tadbirlar chiptalari ham elektron koʻrinishga oʻtkazilib, maxsus tizimlar orqali sotilmoqda. Bugungi kunda savdo maydonchalari maxsus sayt orqali onlayn rejimida soliq idoralariga har bir tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash holati toʻgʻrisida ma’lumot berib boradi. Bu yiliga 90 mln dan ortiq tranzatsiyalar deganidir.

soliq.uz axboroti asosida.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text152889_dsq_hodimlari_turkiyada_nimalarga_alohida_etibor_qaratishdi