Rezidentlik sertifikatini qayerdan va qanday olish mumkin

preview

Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim qoidalarini qoʻllash maqsadida, yuridik yoki jismoniy shaxsning rezidentligi davlatidagi doimiy joylashuvi dalilini rasmiy tasdiqlash uchun tegishli davlatning vakolatli organlari tomonidan rezidentlik sertifikati beriladi.

my.soliq.uz portalida «Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslar - OʻzR rezidentlarining doimiy joylashuvi (rezidentligi) dalili rasmiy tasdiqnomasini berish» interaktiv xizmati mavjud. Xizmat 2016 yil may oyidan amal qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, xizmatdan foydalanish uchun ERI boʻlishi kerak. ERI qanday olinishi haqida bu yerda bilib olish mumkin.

 

 soliq.uz xabaridan.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text153052_rezidentlik_sertifikatini_qaerdan_va_qanday_olish_mumkin