IMPORT TOVARNI TOʻGʻRI KIRIM QILAMIZ

preview

Buxgalterlarda moliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 20.08.2018 yilda 1364-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga (AV tomonidan 21.05.2004 yilda 1364-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin import bitimlar boʻyicha xarid qilingan tovar-moddiy boyliklarni buxgalteriya hisobotida toʻgʻri aks ettirish yuzasidan savol yuzaga keldi.

Qachon TMZni aktiv sifatida e’tirof etsa boʻladi

I. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ning (AV tomonidan 17.07.2006 yilda 1595-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 8-bandiga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:

● tashkilotga kelgusida aktiv bilan bogʻliq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch boʻlsa;

● aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlsa;

● ularga boʻlgan mulk huquqi oʻtsa.

Tovar-moddiy zaxiralarga boʻlgan mulk huquqi, ular bilan bogʻliq xatarlar va mukofotlarning oʻtish payti uning shartlari kelishiladigan yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.

II. Fuqarolik kodeksiga (185-modda) muvofiq shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

III. Inkoterms atamalarida tartibga solinadigan asosiy prinsiplardan biri tovarni yetkazib berish sanasi, ya’ni sotuvchi tomonidan tovarni xaridor yoki uning vakili, masalan, transport tashkiloti tasarrufiga haqiqatda berish vaqtini va, tegishincha, sotuvchining yetkazib berish muddatlari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi yoki bajarmasligini belgilash hisoblanadi.

Import qilayotganda qachon tovarga mulk huquqi oʻtadi

I. Shartnomada tovarni Oʻzbekistondan tashqariga yuklab joʻnatish nazarda tutilgan, ya’ni mulk huquqi tovar yetkazib beruvchi tomonidan xaridorga yoki uning vakiliga, masalan, ekspeditor yoxud transport kompaniyasiga yuklab joʻnatilgan sanada yuzaga kelgan boʻlsa.

MISOLLAR:

Inkoterms–2010, EXW asosiy tashuvning transport turi – xaridor tovarni shartnomada koʻrsatilgan sotuvchining omboridan olib ketadi hamda asosan shartnoma shartiga koʻra mulk huquqi sotuvchidan xaridorga oʻtadi;

FCA Inkoterms–2010 – yetkazib berishning mazkur rejimi bojxona tozalovidan oʻtgan tovarning tashuvchiga oʻtishini nazarda tutadi. Bu oʻrinda tovar tashuvchi tomonidan qabul qilib olingan paytdan boshlab sotuvchining yetkazib berish boʻyicha majburiyatlari bajarilgan, deb hisoblanadi. yukni qabul qilib olish joyini xaridor koʻrsatadi.

II. Shartnomada mulk huquqi bojxona chegarasida oʻtishi nazarda tutilgan boʻlsa.

MISOL:

CPT, CIP Inkoterms–2010 – xaridor tovarni u yetkazib berilishidan keyinoq darhol qabul qilishi va tovarni yetkazib beruvchidan moʻljalda koʻrsatilgan joyda qabul qilib olishi kerak, bu oʻrinda yetkazib berish va tashish sotuvchining majburiyati hisoblanadi. Shu tariqa, mulk huquqi bojxona chegarasida oʻtadi, ya’ni bu 70-«Vaqtincha saqlash» rejimi.

Oʻzgartirishlar chet el valyutasiga olingan TMZ bahosiga qanday ta’sir koʻrsatdi

22-son BHMSga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan (21.11.2018 yildan kuchga kirgan) chet el valyutasida xarid qilingan TMZni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlarida koʻrsatilgan qiymatidan kelib chiqib, aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish (mulk huquqining oʻtishi) sanasidagi MB kursi boʻyicha qayta hisoblab aniqlanadi. Ilgari BYuDni toʻldirish hamda bojxona bojlari va yigʻimlarini toʻlash sanasidagi MB kursi qoʻllanilgan, ya’ni 40-«Erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimi (Tasniflagich, AV tomonidan 6.04.2016 yilda 2773-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yoʻriqnomaga 3-ilova).

Buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi

MISOL. Import shartnomasiga binoan tovar 70-«Vaqtincha saqlash» rejimiga joylashtirilganda 2019 yilning 5 yanvarida mulk huquqi oʻtdi. Tovar shu yilning 28 fevralida 40-«Erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga joylashtirildi va shu sanada barcha bojxona bojlari va yigʻimlari toʻlandi. Tovarning qiymati – 10 000 AQSh dollari. 5.01.2019 yildagi kurs – 8 336,25 soʻm, 28.02.2019 yildagi kurs – 8 403,19 soʻm. bojxona yigʻimlari 1 608 638 soʻmni, bojxona boji – 25 209 570 soʻmni tashkil etdi. QQS – 21 848 294 soʻm, sertifikatlash va boshqa xarajatlarga 2 800 000 soʻm ketdi. Tovar bojxona omboridan korxona omboriga 2019 yilning 1 martida olib oʻtilgan.

Sana

 

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

 

Schyotlar korrespondensiyasi

 

Summa, soʻm

 

debet

 

kredit

 

5.01.2019 yil

 

Tovar buxgalteriya hisobi schyotlariga kirim qilingan (2 variant: «Yoʻldagi tovarlar» yoki «Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»)

 

2970-«Yoʻldagi tovarlar» yoki

1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»

6011

 

8 336,25 kursi boʻyicha

$ 10 000 – 83 362 500

28.02.2019 yil

 

Bojxona yigʻimlari

 

1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»

 

6990-«Boshqa majburiyatlar»

 

1 608 638

 

28.02.2019 yil

 

Bojxona bojlari

 

1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»

 

6990-«Boshqa majburiyatlar»

 

25 209 570

 

28.02.2019 yil

 

Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi bojxonada toʻlagan QQS

 

4420

 

6990-«Boshqa majburiyatlar»

 

21 848 294

 

28.02.2019 yil

 

Sertifikatlash va boshqalar

 

1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»

 

6990-«Boshqa majburiyatlar»

 

2 800 000

 

28.02.2019 yil

 

Ombordagi tovarlar

 

2910– «Ombordagi tovarlar»

 

2970-«Yoʻldagi tovarlar» /

1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»

112 980 708

 

 

 

TMZni baholash boʻyicha operatsiyalar notoʻgʻri aks ettirilsa tovar tannarxi ham buzib koʻrsatiladi, soliq solinadigan foyda ham, tegishincha, soliq solish ham xato belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, buxgalteriya hisobotini buzib koʻrsatish EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTKning 175-1-moddasi), agar u soliq solishga katta ta’sir koʻrsatadigan boʻlsa, boshqa moliyaviy jarimalar ham qoʻllaniladi.

Shuning uchun mazkur operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobini toʻgʻri yuritishga oʻz vaqtida e’tibor berish, hisob yuritish boʻyicha dasturlarni (1 S, 1 UZ va boshqalar) taqdim etadigan tashkilotlarga ular dasturlarning konfiguratsiyasiga tuzatishlarni barvaqt kirita olishi uchun oʻz vaqtida tavsiyalar berish lozim boʻladi.

 

Svetlana ZAMILYeVA, «Profi Training» biznes-treneri, 

«Svanta» SMT MChJning buxgalteriya va moliya boʻyicha eksperti. 

 

TIF — maslahatlar TIF TIF — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text153172_import_tovarni_tugri_kirim_qilamiz