Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
5 sentyabr:
- 2019 yilning avgustida natura shaklida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 188-moddasi 1-qismi).
Masalan, joriy yilning 19 avgustida korхona хodimiga uning tavallud kuni munosabati bilan, shuningdek korхona rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun qiymati imtiyozli miqdordan, ya’ni EKIHning 6 baravaridan oshadigan qimmatbaho sovgʻa – kompyuter berildi (SK 179-moddasi 14-bandi).
Ish beruvchi 6 EKIHdan oshadigan sovgʻa qiymatidan JShDS hisoblashi va joriy yilning 5 sentyabridan kechiktirmay soliqni toʻlashi shart (SK 188-moddasi, 1-qismi).
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning soʻnggi kuni (SK 165-moddasi 4-qismi 1-bandi).
Tatyana Limareva.