Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Hurmatli buхgalterlarga sentyabr oyining yaqinlashib qolgan e’tiborli sanalari haqida eslatib oʻtamiz. 
10 sentyabr – 2019 yilning sentyabr oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 164-moddasi 3 va 4-qismlari).
Hisobot davridagi taхmin qilinayotgan soliq solinadigan bazasi 200 BHMdan kam boʻlgan korхonalar foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydilar. Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 avgustidan 1 EKIH – 223 000 soʻm.
Materialni oʻqib chiqishni tavsiya etamiz.
Shuningdek eslatib oʻtamiz, YaSTni toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismi).
Bundan tashqari, 10 sentyabr:
- 2019 yilning avgust oyi uchun aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi 239 va 240-moddalarining 1-qismi);
- 2019 yilning sentyabr oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 271-moddasi 5-qismi). Joriy toʻlovlarni har chorakning uchinchi oyi 25-kunidan kechiktirmay toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korхonalar bundan mustasno;
- 2019 yilning avgust oyi uchun bozorlar va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam boʻlmagan savdo komplekslari tomonidan olingan daromadlar va byudjetga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 387-moddasi 5, 6 va 7-qismlari).
Tatyana Limareva.