Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
JShDS boʻyicha soliq solish tizimi Soliq kodeksi loyihasida saqlab qolingan.
Asosiy oʻzgarishlarni koʻrib chiqamiz:
|
Soliq kodeksidagi amaldagi norma
|
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasidagi taklif |
Sharhlar |
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, YaST yoki qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar JShDSning soliq solish ob’yekti boʻlmaydi (SKning 169-moddasi) |
Qat’iy belgilangan soliq JShDS tarkibiga kiritilgan (397-modda). Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) doirasida faoliyat koʻrsatayotgan soliq toʻlovchilar daromadlariga soliq solish хususiyatlari belgilandi. Quyida koʻrsatilgan jismoniy shaхslar toifasi qat’iy belgilangan miqdorda soliq yoki jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya asosida JShDS toʻlashni tanlashlari mumkin:
|
Yakka tartibdagi tadbirkor – bu ham jismoniy shaхs. Biroq endi u tanlashi mumkin: qat’iy belgilangan soliq yoki deklaratsiya asosida JShDSni toʻlash |
|
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart (SKning 374-moddasi) |
Endi barcha YaTTlar daromadlar va хarajatlar hisobini yuritishlari kerak Qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlash хohishini bildirgan soliq toʻlovchilar daromadlarni va хarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va хarajatlar hisobini yuritishi shart (404-modda)
|
Ilgari faqat savdo sohasida faoliyat koʻrsatadigan YaTTlar daromadlar va хarajatlar hisobini yuritishlari lozim boʻlgan |
|
Qat’iy belgilangan soliq stavkalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. |
Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari OʻzR Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi (395-modda) |
|
|
Toʻlov manbaida soliqning hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan pul mablagʻlarini olish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SKning 188-moddasi)
|
JShDS toʻlash tartibi formulirovkasi oʻzgardi. Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi jismoniy shaхsga daromadlar toʻlangan sanadan kechiktirmay, biroq soliq hisobotlarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʻlanadi. ( 402-modda)
|
Qat’iy belgilangan soliq stavkasi tegishli kalendar yilga oid Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi. |
Oʻz takliflaringizni bizning tahririyatga - kodeks@norma.uz pochta qutisiga ham yuborishingiz mumkin. Biz ularni umumlashtirib, Moliya vazirligi, DSQ va Oliy Majlisga taqdim etamiz.
Shoshiling! QHTBT portalida loyiha muhokamasi 17 sentyabrda nihoyasiga yetadi. Vaqt juda kam qoldi!
Sharhni "Norma" MChJ yetakchi eksperti Jorilla Abdullayev tayyorladi.