Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Yagona ijtimoiy toʻlovning nomi yangi Soliq kodeksi loyihasida ijtimoiy soliqqa oʻzgartirildi. Nomi oʻzgargani bilan YaIT soligʻini solish tizimi oʻzgarmadi.
Muhim oʻzgartirishlardan:
- byudjet va davlat korхonalari uchun soliqning 25% miqdordagi oshirilgan stavkasi bekor qilinmoqda;
- soliq boʻyicha hisob-kitob taqdim etish va uni toʻlash muddatlari oʻzgaradi.
|
Soliq kodeksidagi amaldagi norma |
Soliq kodeksining yangi tahriridagi taklif
|
Sharhlar |
|
Yagona ijtimoiy toʻlov (YaIT) (SKning 51-bobi). |
Nomi oʻzgardi, endi bu – ijtimoiy soliq (58-bob).
|
Soliqning nomi oʻzgardi, YaITning mohiyati esa shunday qoldi. |
|
Soliq stavkalari oʻzgardi:
|
Byudjet va davlat korхonalari uchun oshirilgan stavkaning (25%) amal qilishi bekor qilinmoqda.
|
|
YaITning hisob-kitobi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Toʻlash har oyda - hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi (SKning 310-moddasi).
|
Soliq boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish va tegishincha toʻlash muddatlari oʻzgardi:
|
|
Sharhni "Norma" MChJ yetakchi eksperti Jorilla Abdullayev tayyorladi.