SKning yangi tahriri: YaST – aylanmadan soliq

preview

Yangi Soliq kodeksi loyihasi YaST oʻrniga aylanmadan soliq toʻlash koʻrinishida soliq solishning soddalashtirilgan rejimini joriy etmoqda. Aylanmadan soliq YaST uchun belgilangan soliq solishning barcha shartlarini saqlab qolgan.

 

Soliq kodeksidagi amaldagi norma

Soliq kodeksining yangi tahriridagi taklif

 

Sharhlar

Yagona soliq toʻlovi (SKning 56-bobi).

Yagona soliq toʻlovining nomi oʻzgardi. Endi buaylanmadan soliq (66-bob). Men bu bobda, yangi tahrirda shu fikrlarni koʻrmayapman.

 

  Soliqning faqat nomi oʻzgardi, YaSTning barcha qoidalari saqlab qolingan. 

YaST boʻyicha chegirma va imtiyozlar SKning 355, 356, 358-moddalarida belgilangan.

Ilgari YaST toʻlovchilar uchun amal qilgan imtiyozlar va chegirmalar chiqarib tashlandi.

 

  YaSTning hisob-kitobi ortib boruvchi yakun bilan har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Toʻlov quyidagicha toʻlanadi:

  • mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
  • mikrofirmalar va kichik korхonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay (SKning 360-moddasi)

Soliq boʻyicha hisob-kitoblar taqdim etish muddati va aylanma soligʻini toʻlash muddati oʻzgardi.

Hisob-kitob barcha soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladi:

 

  • hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
  • soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davri tugagandan keyingi oyning 15 fevralidan kechiktirmay.

Soliqni toʻlash, mos hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim qilish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi (479-modda).

 

 

Sharhni   "Norma" MChJ yetakchi eksperti Jorilla Abdullayev tayyorladi.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text153656_skning_yangi_tahriri_yast_-_aylanmadan_soliq