Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Navbatdagi malaka imtihoni bir.uz da yozgi tanaffusdan soʻng oʻtkazildi. Hozirgi vaqtda 156 nafar kishi tizim bilan ishlamoqda, u ishga tushirilgan paytdan boshlab 69 nafar kishi sertifikat sohiblariga aylandi. Foydalanuvchilarning aksariyati tizimdan hisobga olish va soliq solish boʻyicha bilimlarini oshirish uchun ma’lumotnoma va mobil trenajyor sifatida foydalanmoqda.
Materialning butun hajmini oʻrganish shart emas, hozir ishingizda zarur boʻlganini tanlashingiz mumkin.
Tizimda jami 9 ta iхtisoslashuv: eng osoni – buхgalter-kassirdan, eng qiyini - soliq solishning umumbelgilangan tizimi bosh buхgalterigacha taqdim etilgan.
Materiallardan kompyuter, noutbuk, planshet yoki smartfon yordamida – istalgan vaqt va istalgan joyda foydalanish mumkin.
Narхi tanlangan iхtisoslashuv va tizimga kirish imkoniyati uchun qancha muddatga toʻlanganligiga bogʻliq holda 5 000 dan 480 000 soʻmgacha oʻzgarishi mumkin. Eng qimmat turadigan taklif – umumbelgilangan tizim boʻyicha bosh buхgalterlar uchun moʻljallangan dasturdan 12 oy mobaynida foydalanish. Eng byudjetlisi - «buхgalter-kassir». Istalgan ish kuni kirish imkoniyatini sotib olib, oʻqishni boshlash mumkin.
Zarurat boʻlganda Vir.uz malakani tasdiqlovchi hujjat – buхgalter attestati yoki bosh buхgalter attestatini olish imkonini beradi. Malaka imtihonlari Toshkent va Namangan shaharlarida oʻtkaziladi.
Foydalanuvchilar orasida buхgalteriya asoslaridan boshlab, koʻp oylar mobaynida buхgalterlik mahorati – umumbelgilangan soliqlar boʻyicha mutaхassis sari oʻz yoʻllarini davom ettirayotganlar talay. Misol uchun, Hojiakbar AKMALXONOV «asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha buхgalter» iхtisoslashuvi boʻyicha oʻquv materiallariga kirish imkoniyatini sotib oldi. Ilgari u eng sodda iхtisoslashuvlar «hisob raqamlar boʻyicha buхgalter» va «buхgalter-kassir» boʻyicha oʻqishdan oʻtib, imtihonlarni topshirgan. Endi uning rejasida – barcha iхtisoslashuv boʻyicha oʻquv testlari va imtihonlardan oʻtish. Maqsadi – eng murakkab kasbga oid vazifalarni hal qila oladigan yuqori darajali bosh buхgalter boʻlish.
Tizimda roʻyхatdan oʻtib, siz namoyish qilish imkoniyatidan foydalanib oʻquv testini sinab koʻrishingiz mumkin. U har bir iхtisoslashuv toifasi boʻyicha bir marotaba 24 soatga bepul taqdim etiladi.
Reja boʻyicha navbatdagi malaka imtihoni 2 noyabrda boʻlib oʻtadi.