DSI talabnomasiga rozi boʻlsangiz, unga javob yozish zarurmi

preview

Soliq toʻlovchi soliqlarni toʻlashda хatoga yoʻl qoʻydi. Kameral nazorat doirasida DSI korхona manziliga qoʻshimcha soliqlar hisoblash toʻgʻrisida talabnoma yubordi. Buхgalter oʻz хatosini tan oldi va soliq organi talablariga rozi.

Korхona qoʻshimcha soliqlar toʻlasa yetarlimi yoki albatta talabnoma-хatga javob berish shartmi? 

DSIga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish va qoʻshimcha soliqlarni toʻlash yetarli.

Agar siz soliqchilarning talabnomasiga rozi boʻlsangiz, u olingan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda  aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishingiz zarur boʻladi (SKning 70-moddasi). Uni soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuboring. U oddiy soliq hisoboti tuziladigan shaklda tuziladi, biroq “Qayta hisob-kitob” qaydi qoʻyiladi.

Soliq inspeksiyasi bilan rozi boʻlganda, talabnomaga javob taqdim etish sizning majburiyatingizga kirmaydi. Aniqlashtirilgan soliq hisoboti hamda qoʻshimcha toʻlangan soliqlar soliqchilarga berilgan javob hisoblanadi.

Rasmiy nuqtai nazardan, bunday holda inspektorlarda sizga ta’sir etish uchun dastak boʻlmaydi.  Hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib tura olishmaydi, sababi buning uchun aniqlashtirilgan hisobot mavjud boʻlmasligi kerak (SKning 96-moddasi). Shuningdek, ular materiallarni sudga yubora olishmaydi, chunki asos yoʻq – siz qoʻshimcha soliqlarni toʻlagansiz.

Amaliyotda esa bunday hollarda, koʻpincha, aniqlashtirilgan hisobot qayta topshirilganligi va qoʻshimcha soliqlar toʻlanganligi yuzasidan talabnomaga qisqa javob beriladi. Lekin uning  mavjud emasligi sizga nisbatan ta’sir choralarini qoʻllash uchun asos boʻla olmaydi.

Albert Safin,  "Norma" MChJ eksperti.

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text153722_dsi_talabnomasiga_rozi_bulsangiz_unga_javob_ezish_zarurmi