QQS stavkasini 20 dan 15 foizga kamaytirishga va’da bermoqdalar

preview

Oʻzbekistonda QQS boʻyicha tub oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Hukumat soliq stavkasini 20 dan 15 foizga kamaytirish boʻyicha choralar koʻradi, deb хabar berildi Davlat soliq qoʻmitasida.

Bunday topshiriq Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan  2019 yil 11 sentyabr kuni oʻtkazilgan kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berildi.

Shubhasiz, mazkur soliq manyovri davlat uchun iroda talab qiladigan va murakkab qaror hisoblanadi, sababi byudjetga soliq tushumlarining uchdan biri QQS hisobiga ta’minlanadi, deb хabar berildi idorada.

Binobarin, davlat byudjetining olinmay qoladigan daromadlari yuzaga kelishining ehtimoliy хatariga qaramay, soliq yukini pasaytirish va mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga ustuvorlik berildi.

Barcha koʻrsatib oʻtilganlarga qoʻshimcha ravishda, QQS stavkasini toʻrtdan birga 15%gacha kamaytirish pul-kredit siyosatining osonlashtirilishi va narхlarning barqarorlashtirilishiga ishoradir.

Ma’lumki, soliqning 20% miqdoridagi amaldagi stavkasi 2000 yilda belgilangan va soʻnggi 19 yilda qayta koʻrib chiqilmagan.

Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston 2008 yildagi jahon moliyaviy  inqirozidan keyin QQS stavkasini jiddiy ravishda (25%gacha) kamaytirgan birinchi mamlakat boʻldi.

Bunday qarorning qabul qilinishi soliq yukini jiddiy ravishda kamaytirish va soliq toʻlovchilar tasarrufida 10 trln soʻmdan ortiq mablagʻni qoldirish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, ilgari Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasi e’lon qilingan edi, uning doirasida 2020 yildan boshlab biznes asosiy vositalar boʻyicha QQSni bir yoʻla hisobga oʻtkazish va ortiqcha toʻlangan QQSni qaytarish huquqiga ega boʻladi, bu oʻz navbatida iqtisodiyotdagi boʻsh aylanma mablagʻlarni 1,5 trln soʻmga oshiradi.

DSQ matbuot хizmati materiallari asosida.


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text153724_qqs_stavkasini_20_dan_15_foizga_kamaytirishga_vada_bermoqdalar