III chorak uchun kimlar kuzatiladi?

preview

Joriy yilning III choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi.

Bunday korxonalar tomonidan tegishli kuzatuv soʻrovnomalari toʻldirilib, ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etilishi zarur:

  • 1-KB kuzatuv (tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish hajmlariga ega boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar);
  • 2-KB kuzatuv (yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar);
  • 3-KB kuzatuv (oldingi yilda tushumga ega boʻlmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar).

III chorak uchun davlat statistika kuzatuvi soʻrovnomalari 2019 yil 2 oktyabrdan kechiktirmay korxona joylashgan joy boʻyicha statistika organlariga taqdim etilishi zarur.

Kuzatuv soʻrovnomalari koʻrsatkichlari aniq hisobot davri - joriy yil choragi uchun oʻsib bormaydigan yakun bilan koʻrsatiladi.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text153869_iii_chorak_uchun_kimlar_kuzatiladi